Qurilishda sifat nazoratini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Ramziddin Egamberdiyev, Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tarkibida qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida “Qurilishdagi nazorat” axborot tizimi yo‘lga qo‘yildi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi yordamida Respublikaning butun hududida Investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlari, uy-joylar, tadbirkorlik obyektlari va davlat ahamiyatiga molik boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini to‘liq qamrab olish, qurilish-montaj ishlari ustidan sifatli nazorat tizimini real vaqt rejimida ta’minlanadi.
Surxondaryo viloyati