Soha yangiliklari

12.02.2021 782

O‘zbekistonlik mutaxassislar seysmik ustuvor binolar qurilishi bo‘yicha yaponiyaliklar tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Tokio shahridagi O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida Yaponiyaning seysmik himoyalash jamiyati tomonidan joriy yilning 11-12 fevral kunlari O‘zbekiston mutaxassislarini seysmik ustuvor binolar qurilishi bo‘yicha Yaponiya tajribasi bilan tanishtirish maqsadida vebinar shaklida 2 kunlik onlayn seminar o‘tkazilmoqda. Seminarda Yaponiyaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan:
• seysmik ustuvorlik texnikasidagi o‘zgarishlar;
• seysmik himoya va tebranishlar nazorati;
• seysmik himoyalangan inshootlarni loyihalash va ularning konstruktiv hisobi;
• seysmik ta’mirlash texnologiyalari kabi masalalar bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari tinglanmoqda.