“Issiqlik manbai” DUK tizimida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari
|
|
Surxondaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK Direktori _________ Yu.Mashiev 2025 yil “___” __________dagi _____–son yig‘ilishi qaroriga asosan tasdiqlandi |
Surxondaryo viloyat “Issiqlik manbai” DUK tizimida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari
talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha 2025 yilga mo‘ljallangan
“YO‘L XARITASI”
|
T/r |
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari |
Muddat |
Mas’ul ijrochilar |
|
|
Raqobat qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlarni o‘rganib borish, shuningdek, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, idoraviy hujjatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish |
Tizimli ravishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgarishlarni o‘rganib borish. Korxonada raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi mumkin bo‘lgan sohalarni tahlil qilish. |
Doimiy
Doimiy |
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha vakolatli shaxs S.Ishnazarova |
|
|
Korxona xodimlari orasida “Monopoliyaga qarshi qonunchilik va unga amal qilish” mavzusida seminarlar va muloqotlar o‘tkazish |
Korxona xodimlari orasida raqobat qonunchiligi va uning buzilish ehtimollari hamda unga kiritilayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar to‘g‘risida seminar-trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish va o‘tkazilgan tadbirlarni OAVlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy yoritib borish. Faoliyat davomida xodimlarga muntazam ravishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar berib borish. |
Bir yilda kamida 2 marta
Doimiy |
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha vakolatli shaxs S.Ishnazarova |
|
|
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish ehtimolligini aniqlash va baholash |
Oxirgi 3 yil davomida monopoliyaga qarshi organ tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar, aniqlangan qoidabuzarliklar, berilgan taqdimnomalarni o‘rganish. Korxona o‘z ustun mavqeini suiste’mol qilishi va (yoki) raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘rganish. O‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilik buzilishi mumkin bo‘lgan sohalarni xavflar tasnifi asosida taqsimlash hamda bu yuzasidan monopoliyaga qarshi organga axborot kiritish. |
Har yili dekabr oyiga qadar
Har chorakda
Har chorakda |
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha vakolatli shaxs S.Ishnazarova |
|
|
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini aniqlash va ularning oldini olish |
Faoliyatga tegishli materiallarni tahlil qilish (shu jumladan, raqobatni va (yoki) iste’molchilarning huquq va manfaatlarini cheklaydigan normalarni aniqlashga qaratilgan ichki hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish), aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan choralarni ishlab chiqish. Korxona tomonidan chiqariladigan hujjatlar (qaror, farmoyish, buyruq, yig‘ilish bayonlari va boshqalar) loyihalarini doimiy o‘rganib borish. Bunda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlangan taqdirda, bu haqda rahbarni xabardor qilish. Korxona (tarkibiy bo‘linmalari) va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarni o‘rganib borish. Bunda: - ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berish holatlarining; - ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilash holatlarining; - til biriktirish va kartel kelishuvlar sodir etilishining oldini olish. Monopol korxona tomonidan sotiladigan, ular bo‘yicha ushbu sub’ektning ustun mavqei e’tirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar o‘rnatilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni o‘rganish.
|
Doimiy |
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha vakolatli shaxs S.Ishnazarova |
|
|
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi faoliyati yuzasidan yillik hisobotni tayyorlash |
1. Monopoliyaga qarshi komplaens bo‘yicha hisobot tayyorlash: raqobat to‘g‘risidagi qonun buzilishi xavfini baholash natijalari to‘g‘risida; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida; monopoliyaga qarshi komplaensning asosiy ko‘rsatkichlariga erishish to‘g‘risida; monopoliyaga qarshi komplaens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblash to‘g‘risida. 2. Monopoliyaga qarshi komplaens to‘g‘risidagi hisobotni rasmiy veb-saytga joylashtirish va monopoliyaga qarshi organga yuborish. |
Har yili
Har yili |
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha vakolatli shaxs S.Ishnazarova |
|
|
Keyingi yilga mo‘ljallangan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash |
Bir yilga mo‘ljallangan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini monopoliyaga qarshi organ bilan kelishgan holda ishlab chiqib tasdiqlash. |
Har yili 25 dekabrga qadar |
Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha vakolatli shaxs S.Ishnazarova |
Surxondaryo viloyati