Soha yangiliklari

15.02.2024 523

ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!!! ҲУРМАТЛИ ТУМАНИМИЗ ФУҚАРОЛАРИ, НОДАВЛАТ ВА НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИ, ЎЗИНИ ЎЗИ БОШҚАРИШ ОРГАНЛАР, ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ ВАКИЛЛАРИ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-2028 yillarda mahalla fuqarolari yigʻinlari aholi punktlari hududlarining bosh reja loyihalarini ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarining batafsil rejalashtirish loyihalari hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2023-yilgi manzilli dasturga asosan joriy yilda Sherobod tumani “Poshxurt” mahalla fuqorolar yig‘ini bosh reja va batafsil rejalashtirish loyixasi va yondosh mahallalarining shaharsozlik jixatidan rivojlantirish sxemasi “QISHLOQQURILISHLOYIHA” DM tomonidan ishlab chiqilishi yakunlangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Shaharsozlik kodeksi”ning 8, 9 va 21- moddalariga asosan Sherobod tumani “Poshxurt” mahalla fuqorolar yig‘ini bosh reja va batafsil rejalashtirish loyixasi va yondosh mahallalarining shaharsozlik jixatidan rivojlantirish sxemasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda. Loyihalar tuman hokimligining sherobod.uz va Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasining terarx.uz saytlariga joylashtirilgan.

Jamoatchilik muxokamalari 2024-yilning 19-fevral 03-martgacha davom etadi.

Mahalla bosh rejasi loyiha yuzasidan o‘zingizning fikr va takliflaringizni yozma yoki og‘zaki tarzda bildirishlaringiz mumkin.

Bundan tashqari internet tarmog‘idagi tuman hokimligining sherobod.uz va Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasining terarx.uz saytlari orqali yuborishingiz mumkin.