Korrupsiyaga qarshi kurashish

27.12.2023 551

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xоjaligi boshqarmasida bo'lib o'tkan o'quv seminar

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli majlis bayonnomasi bilan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi oyligi”ni o‘tkazish kuni “Aksilkorrupsiya” oyligi tadbirini o‘tkazish yuzasidan,

Yig‘ilishni Bosh boshqarma boshlig‘i A.Abduraximov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masla bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli majlis bayonnomasi bilan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi oyligi”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tarbir dasturi o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tildi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni to‘tkazish to‘g‘risidagi huquq va majburiyatlarni takidlab o‘tdi.

Bundan tashqari Bosh Boshqarma va tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarigi muvofiq xodimlar tomonidan Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini muntazam yoritib borilayotganligi va bu yuzasidan doimiy ravishda xodimlarni o‘qitish va bilim saviyasini yanada oshirish lozimligini bildirib o‘tdi.

Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari-viloyat arxitektori v.b J.Menglibov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorati mutaxassisi S.Isaevlar yuqorida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash lozimligini bildirdi.

 

Bundan tashqari Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorati mutaxassisi S.Isaev so‘zga chiqib O‘zbekiston Resublikasining “Korrupsiya to‘g‘risida”gi qonuni hamda 2022-yil 12-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarning samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 81-sonli hamda 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-sonli farmonga asosan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi belgilanganligi undagi vazifalar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida ”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablari muvofiq xodimlar tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini muntazam ko‘rib borish buning uchun xodimlar bilan profilaktik suhbatlar qilinayotganligi ular yozma ravishda ogohlantirilib borilayotganligi xodimlarning odob-ahloq qoidalariga rioya qilish bu kabi jinoyatlarning oqibatlari haqida har bir xodimga tushuntirish ishlarini olib borilishi lozimligi, yosh mutaxassislarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhimligini, xodimlarning kundalik faoliyatini nazoratga olish lozimligi, ularning kimlar bilan qanday aloqada bo‘lib kelayotganligi ijro intizomiga rioya qilinayotganligi va boshqa holatlar to‘la nazoratga olinishi lozimligi va xodimlarni huquqiy bilim saviyasini oshirish borasida muntazam o‘quv seminarlar tashkil qilinishini tashkillashtirish kerakligi bildirib o‘tildi.

Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari viloyat bosh arxitektori hamda korrupsiyaga qarshi komplaens mutaxasssisi yuqoridagi masalalar bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlarning ish faoliyatini kundalik nazorat qilishni ta’minlash hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi 200-sonli qaroriga asosan tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 7 ta xizmat turlari bo‘yicha kelib tushayotgan arizalarni tegishli ruxsatnoma yoki ma’lumotlarni berilishini qonuniy amalga oshirilishi va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun choralar belgilash holisona yondoshish bo‘yicha aytib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmonlari Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligining buyruq va topshiriqlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash hamda korrupsiyani oldini olish maqsadida;

 

 

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar atroflicha o‘rganilib,bildirilgan taklif va ma’lumotlarni inobatga olib yig‘ilish

QAROR QILADI:

1.O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi tegishli bandlari va bosh boshqarma boshlig‘i A.Abduraximovning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorati mutaxassisi S.Isaev korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarga yuzasidan xodimlarni doimiy muntazam ravishta xodimlar o‘rtasida tushintirish ishlarini olib borsin.
  2. Boshqarma yuristkonsulti X.Akbarov korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish xodimlarning moddiy ta’minoti va rag‘batlantirish masalasi yuzasidan tegishli takliflar kiritib borsin.
  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorati mutaxassisi S.Isaev bosh boshqarmaga va tuman (shahar) bo‘limlariga yangi ishga qabul qilingan va rotatsiya qilingan xodimlardan kurrrupsiyaga jinoyatini sodir etish va boshqa turtagi huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik ishlarni olib borsin.

5. Bayon topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlariga yetkazish vazifasi bosh boshqarma inson resuruslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis O.Bozorovga yuklatilsin.

6. Mazkur yig’ilish bayoni ijrosini ta’minlashni nozorat qilib borish viloyat bosh arxitektori v.b J.Mengliboev va korrupsiyaga qarishi kurashish komplaens nozorati bo‘yicha mutaxassis S.Isaevlar zimmasiga yuklatilsin.