Soha yangiliklari

19.08.2022 648

Hurmatli tumanimiz fuqarolari, nodavlat va notijorat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlar, ommaviy axborot vositalari vakillari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi “2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2022-yilgi manzilli dasturga asosan joriy yilda Sho‘rchi tumanida “Obodon” mahalla fuqorolar yig‘ini bosh reja va batafsil rejalashtirish loyixasi va yondosh mahallalarining shaharsozlik jixatidan rivojlantirish sxemasi “QISHLOQQURILISHLOYIHA” MChJ tomonidan ishlab chiqilishi yakunlangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Shaharsozlik kodeksi”ning 8, 9 va 21- moddalariga asosan Sho‘rchi tumanida “Obodon” mahalla fuqorolar yig‘ini bosh reja va batafsil rejalashtirish loyixasi va yondosh mahallalarining shaharsozlik jixatidan rivojlantirish sxemasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda. Loyixalar tuman hokimligining sho‘rchi.uz va Qurilish bosh boshqarmasining terarx.uz saytlariga joylashtirilgan.

Jamoatchilik muxokamalari 2022-yilning 19-avgustdan 03-sentyabrgacha davom etadi.

Mahalla bosh rejasi loyixa yuzasidan o‘zingizning fikr va takliflaringizni yozma yoki og‘izaki tarzda bildirishlariz munkin.

Bundan tashqari internet tarmog‘idagi tuman hokimligining sho‘rchi.uz va Qurilish bosh boshqarmasining terarx.uz saytlari orqali yuborishingiz mumkin.

Loyixa buyicha yozma yoki og‘izaki tarzdagi fikr va takliflar tuman Qurilish bo‘limi va mahalla fuqorolar yig‘ini tomonidan qabul qilinadi.