Investisiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni yuritish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-sonli Farmoniga asosan Oliy sud tuzilmasida investisiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sudlov tarkibini tuzildi.
Sudlov tarkibiga investisiya kiritilgan sanada yigirma million AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investisiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar (yirik investorlar) va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan investisiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish vakolati berilgan.
Investisiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi, qolgan investisiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi mumkinligi belgilangan.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi D.Jumayev
Surxondaryo viloyati