Karantindan so‘ng maxsus shifoxonalar taqdiri nima bo‘ladi?
– Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bu sir emas, hamma e’tirof etyapti. Bir necha kun avval prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor majlisida O‘zbekiston iqtisodiyotiga koronavirusning salbiy ta’sirini kamaytirish nuqtai nazaridan qurilishda ishni jadal davom ettirish xususida fikr bildirdi. Va bu qo‘llab-quvvatlanmoqda. Savolim shundan iboratki, karantin davrida qurilish ishlarini davom ettirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
– Birinchi navbatda, nega qurilish sohasiga ahamiyat berildi? O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 6 foizini qurilish sohasi tashkil etadi. Ya’ni qurilish O‘zbekistonning drayveriga aylanyapti. Hozirgi kunda qurilishni jadallashtirish, ya’ni qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilar va uni yetkazib beruvchilar, qurilish tashkilotlari, quruvchilar – hammasi ish bilan ta’minlanadi.
Surxondaryo viloyati