Sardobada ishlar boshlangan. Aholiga qanday uylar qurilyapti?
Quruvchi Ilhom Komilovning aytishicha, mutaxassislarning toshqindan katta ziyon ko‘rmagan uylarning texnik holatini ko‘zdan kechirib, ta’mirga kirishmoqda.
– Biz birinchi betonlarning yaroqliligini tekshirdik. Ko‘proq devorga ishlov bo‘lyapti. Ko‘rib turganingizdek, fundamentga ishlov bo‘ldi. Ichkaridagi suvlarning bari chiqarilib, quruq holatga keltirilib, so‘ngra pol yotqizdik. Xudo xohlasa, reja bo‘yicha bitta binoni uch-to‘rt kunda ta’mirlab, chiqib ketyapmiz, — dedi u.
Suv toshqini oqibatida jami 4351ta xonadonga zarar yetganligi aniqlandi. Shundan 2570ta xonadon yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Surxondaryo viloyati